BAT компаниясига PERSONALNI BOSHQARISH VA KADRLAR ISH YURITISH BO‘YICHA MUTAXASSIS
Vazifalar
Kadrlar hujjatlari va kadrlar ish yurituvini o‘z vaqtida hamda belgilangan tartibda yuritish.
Xodimlarga oid ma’lumotlarni elektron bazaga aniq va o‘z vaqtida kiritish.
Ish beruvchi (Kompaniya) va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini elektron tizimda ro‘yxatdan o‘tkazish.
Yangi ishga qabul qilingan xodimlarni Kompaniyaning ichki me’yoriy hujjatlari, ichki tartib-qoidalari va siyosatlari bilan o‘z vaqtida tanishtirish.
Buyruqlarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish jurnalini belgilangan tartibda yuritish.
Xodimlarning shaxsiy yig‘majildlarini shakllantirish va yuritish, kadrlar hujjatlari arxivini boshqarish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mehnat daftarchalarini qabul qilish, to‘ldirish, hisobga olish, saqlash va berish jarayonlarini tashkil etish.
Talablar
Oliy ma’lumotga ega bo‘lish.
Kadrlar ish yurituvi, buxgalteriya yoki turdosh sohalarda kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish.
Kompyuter savodxonligining yuqori darajasi, Microsoft Office dasturlari, 1C va Yagona milliy mehnat tizimi (my.mehnat.uz / ENST) bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
Yaxshi muloqot qobiliyati va jamoada ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
Biz taklif qilamiz
Barqaror va rasmiy ish bilan ta’minlanish.
O‘z vaqtida va barqaror ish haqi.
Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.
Qulay va professional ish muhiti.
Kasbiy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyati.
Tajribali mutaxassislar bilan hamkorlikda ishlash.
Kompaniya ichida kasbiy o‘sish va lavozimda ko‘tarilish imkoniyati.
Mehnat ta’tili va qonunchilikda belgilangan boshqa kafolatlar.
Eʼlon qilingan: 23-oktabr, 2026 Ariza qabul qilish muddati: 30-noyabr, 2026 2 marta ko‘rilgan 0 ta nomzod